Ma'lumki, oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari yaqinlaşgani sari ayrim kimsalar ğimirlab qolişadi. Ular iloji boriça maktab va kollejlarda yetarli bilim olmagan, lekin ota-onasi badavlat yigit-qizlarni topişga harakat qilişadi.

Bunday “hojatbaror”lar abituriyentni öqişga kiritişga kafolat berişmaydi. Ular uçun abituriyentlarga yolğondan qilgan repetitorligi hamda imtihonga, deb olgan mömay puldan boşqasining qiziği yöq. Ya'ni, öqişga kiritiş bahonasida kerakli pulni jamğarib, juftakni rostlab qolişadi. Beçora abituriyent esa şunday keyin ularni yeru kökdan ham topolmaydi.

Bunday “hojatbaror”larning xatti-harakatidan ba'zi fuqarolar heç bir ğayritabiiylik sezişmaydi. Firibgarlar “falonçi domlaning “stavka”si 6 ming, aytilgan pulni bersangiz, bolangiz öqişga sözsiz kiradi” yoki “falonçi kişi har yili 30 bolani öqişga kiritadi” qabilidagi gap-sözlar bilan odamlarni özlariga rom qilişadi.

“Huquq” gazetasining yozişiça, Abdurasul Olimov (ism-familiyalar özgartirilgan) ÖzMU ilmiy xodimi Zokir Qorayev bilan uçraşib qoldi. Ikkisi avvaldan taniş edi. Gap orasida A.Olimov jiyani Adibaxon öqişga kirmoqçi bölayotgani, ammo bilimi yetarli bölmagani uçun uni bu niyatidan qaytarganini aytdi.

-  Bekor qilibsiz, kelişsak kiritib qöyardik, - dedi dabdurustdan Zokir. – Özim bu iş bilan şuğullanmayman-u, lekin eplaydigan akaxonlar bor...

Birozdan keyin Abdurasul jiyanini Andijondan çaqiradigan, Zokir esa 6000 AQŞ dollari evaziga uni öqişga kiritib qöyadigan böldi. Göyo şu bilan hamma iş bitgandek edi. Orada ikki-uç marta gaplaşişdi. Sönggi suhbatda Zokir, agar tayyor bölsa, kelişilgan mablağni Talabalar şaharçasidagi “Uçraşuv” kafesiga olib kelib berişni söradi.

...Abdurasul kafega kirib kelganida, Zokir çetdagi stollardan birida ötirardi. Salom-alikdan söng asosiy işga ötildi.

-  Mana, olti ming, - dedi Abdurasul.

Zokir öralgan qoğozni olib sumkasiga soldi.

-  Sanab oling, keyin tuşunmovçilik bölib yurmasin, - dedi Abdurasul.

Zokir stol tagiga egilib, pulni sanab çiqdi-da sumkasiga joyladi. Söng örnidan turib, taşqariga yöl oldi. Uni eşik oldida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari kutib olişdi. 

“Uçraşuv” kafesidagi sönggi uçraşuv şunday yakun topdi. Keyin tergov-suriştiruv işlari olib borildi. Ma'lum bölişiça, Zokirning heç qanday “akaxon”i yöq. U Adibaxon öqişga öz bilimi bilan kirib ketsa, şu mablağni özlaştirmoqçi bölgan ekan.