Olimlar universal taqvim taklif etishmoqda

Foto: GETTY IMAGES
Olimlarning ta'kidlashlaricha, yozgi vaqtdan qishki vaqtga va aksincha o‘tish chalkashlikdan tashqari, oddiy odamlarning salomatligida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi. Bu haqda Science Alert xabar bermoqda. Olimlarning aytishicha, bunday vaziyatda organizmda biologik vaqtlarning buzilishi yuz beradi. Oddiy qilib aytiladigan bo‘lsa, organizm vaqtning o‘zgarishiga mosalasha olmaydi va kuchli stress his qiladi.
Atlantadagi Emori universiteti olimlarining fikricha, vaqtni faqat bir soat oldinga surish ma'noga egadir, chunki bunda organizm o‘zgarishlarga osonroq moslasha oladi. Olimlarning ta'kidlashlaricha. yozgi va qishki vaqtga o‘tishdan voz kechish uchrashuvlar va qilinadigan ishlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritishdan voz kechishga imkon beradi.
Bu borada Xopkins universiteti olimlari yanada ilgarilab ketdilar. Ular yagona, universal taqvim (kalendar) kiritishni taklif qilishmoqda. Bu taklif yildan yilga bir-biriga aynan o‘xshash bo‘ladigan o‘zgarmas taqvimni joriy qilishni nazarda tutadi.
Olimlar bu taqvimni aniq formulalar va kompyuter dasturi yordamida yaratishgan. Taqvimda mart, iyun, sentabr va dekabr oyi 31 kundan, qolgan oylar esa 30 kundan iborat. Har yil avvalgisi bilan mutlaq bir xil bo‘ladi, bunda har bir chorak 91 kundan (ikkita 30 kunlik va bitta 31 kunlik oy) iborat bo‘ladi.
Bu universal taqvim joriy taqvimga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. U ish, dam olish va bayram kunlari hamda an'anaviy tadbirlarni to‘g‘ri taqsimlashga imkon beradi. Tashkilot va muassasalar har yili ish va dam olish kunlari jadvalini yangidan tuzadilar, bu esa ortiqcha vaqt oladi. Yangi taqvimda esa bunga hojat qolmaydi. Kreditlar, obligatsiyalar, kelishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar soddalashadi, chunki maxsus hisob-kitobni talab etmaydi.
Bu taqvim ustida 4 yildan ko‘proq ish olib borilgan. Uning asosiy maqsadi 7 kunlik haftani saqlab qolish va har yili o‘tkaziladigan an'anaviy tadbirlarni rejalashtirishni soddalashtirishdan iborat bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 14:36
-
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi
O‘zbekiston | 14:03
-
Yevropa osmonidan Etihad’gacha – o‘zbekistonlik styuardessa hikoyasi
Jamiyat | 13:05
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
O‘zbekiston | 12:02