Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan tinçlik örnatiş böyiça muzokaralarni boşlaş şarti sifatida öt oçişni töxtatiş zarurligini ta’kidlayotgani haqida gapirdi. Bu uning Vladimir Putinning Ğarb davlatlarining duşanbadan 30 kunlik sulh tuziş haqidagi talablarini rad etgan, ammo kelasi hafta Istanbulda töğridan töğri Rossiya-Ukraina muzokaralarini ötkazişni taklif qilgan tungi bayonotiga birinçi reaksiyasi böldi.

«Rossiyaliklar nihoyat uruşni tugatiş haqida öylayotgani yaxşi alomat. Dunyo buni ançadan beri kutayotgan edi. Va har qanday uruşni çinakamiga yakunlaşning eng birinçi qadami – öt oçişni töxtatişdir», – deb yozdi Zelenskiy özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

«Bir kun ham qotillikni davom ettirişdan ma’no yöq. Rossiya ertaga, 12 maydan boşlab öt oçişni töliq, uzoq va işonçli töxtatişni tasdiqlaşini kutamiz va Ukraina muzokaralarga tayyor», – deya qöşimça qildi Zelenskiy.

Şu tariqa, Ukraina prezidenti mohiyatan avval sulh tuziş, şundan keyingina tinçlik muzokaralari ötkaziş töğrisidagi talabini takrorladi. Uning sözlaridan agar Rossiya harbiy harakatlarni davom ettiradigan bölsa, Kiyev Istanbulga öz delegatsiyasini yuborişga tayyormi yoki yöqligini bilib bölmaydi.

Putinning taklifiga Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ham munosabat bildirgan.

«Avval 30 kunlik otaşkesim, şundan keyin qolganlari. Rossiya uruşni davom ettiriş istagini söz konstruksiyalari bilan niqoblamasligi kerak. Öt oçişni töxtatiş — uruşni yakunlaş uçun birinçi qadamdir va bu Rossiyaning qotillikni töxtatiş istagini tasdiqlaydi», — deya yozgan Yermak ijtimoiy tarmoqda.

Şanba kuni Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polşa yetakçilari Kiyevga yetib kelişdi hamda Rossiya tinçlik jarayoni boşlanişini ta’minlaş uçun 12 maydan boşlab öt oçişni töxtatişi kerakligini aytişdi. Ular agar bu taklif qabul qilinmasa, Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etiş bilan tahdid qilişdi, AQŞ prezidenti Donald Tramp ham bunday pozitsiyaga qöşilişini ma’lum qilgan.

Bunga javoban Putin tunda bayonot berib, Ukrainani avvalgi sulh kelişuvlarini buzganlikda aybladi va amalda 30 kunlik sulh talabini rad etdi. Buning örniga u 15 maydan Istanbulda töğridan töğri tinçlik muzokaralarini tiklaşni taklif qildi.

Yakşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qönğiroqlaşib, Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralarini qabul qilişga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar berdi Turkiya rahbari idorasi.