01:35 / 08.11.2017
13581

Foto: Lamborgini elektromobili odatiy akkumulyatorlarsiz

Foto: The Verge

Italiyaning Audi konserniga tegishli Lamborgini kompaniyasi Massachusets texnologik instituti (MIT) bilan hamkorlikda o‘ylab topilgan to‘liq privodli Terzo Millennio (“Uchinchi ming yillik”) gibrid elektrokari kontseptini taqdim etdi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, akkumulyatorlarning odatiy bloklari unchalik samarali emas, ularning o‘rniga kompaniya yangi turdagi superkondensatorni yaratmoqchi. Bu yangi tizim nafaqat energiyani jamlaydi, balki uni berishi ham kutilmoqda. 

Foto: The Verge

Superkondensatorlarni yaratish ustida ishlar endi boshlandi, biroq hozirdanoq shu ma'lumki, ular alohida sig‘imni talab qilmasdan, kuzov paneliga o‘rnatiladi. MIT mutaxassislari uglerod toladan nanotrubkali komponentlarni yaratish variantlarini o‘rganmoqdalar. Bu komponentlar hozirda ishlatilayotgan litiy-ionli akkumulyatorlarni almashtirishi kerak.

Foto: The Verge

Shu tariqa Lamborghini quvvatni, ishlash muddatini oshirmoqchi va dizaynga ziyon yetkazmagan holda mashina aerodinamikasini yaxshilamoqchi. Yangi mashina avvalgilaridan ancha yengilroq bo‘ladi. Terzo Millennio 4 ta dvigatel bilan jihozlanadi. Qolgan ma'lumotlar oshkor qilinmagan.

The Verge’da ma'lum qilinishicha, MIT va Lamborghini’ning hamkorligi yana 3 yilga mo‘ljallangan. Kompaniya institutga har yili 200 ming yevro to‘laydi.

Foto: The Verge
Foto: The Verge
Foto: The Verge
Top