Olimlar umrni uzaytiruvchi parhezni ma'lum qilishdi
Umrning erta yoshida kam oqsilli taomlar iste'mol qilish umr davomiyligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Londonning Frensis Krik universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda Phys.org.
Biologlar buning uchun mevali daraxtlar drozofil pashshalarini o‘rganishdi. Ularning irsiy kasalliklarining 2/3 qismi inson gen kasalliklariga mos tushadi. Tadqiqot mobaynida aniqlanishicha, yoshligida oqsil moddasi kamroq narsalarni yegan pashshalar ikki marta ko‘proq yashagan.
Olimlarning fikricha, bu natijani teri ajratadigan lipidlar bilan izohlash mumkin. Oqsil miqdori ko‘p bo‘lgan taomlar iste'mol qilinganda bu to‘qimalar yuqori toksikligi bilan ajralib turadi va keksayishni tezlashtiruvchi moddalardan yomon himoya qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ishontirishicha, drozofillar tomonidan ajratilgan lipidlar boshqa pashshalarning tez o‘limiga sabab bo‘ladi. Biroq bu qonuniyat irsiy o‘zgartirilgan lipidlar ajratuvchi drozofillarga tegishli emas.
"Odamlar ham drozofillar kabi lipidlar ishlab chiqaradi. Bu modda atrof-muhitning kunlik salbiy ta'siridan terini himoyalaydi va namlantiradi. Lekin ular quyosh nuri bilan reaksiyaga kirishib va asabbuzarlik kabi boshqa omillar tufayli zarar keltirishi ham mumkin. Ayni shu narsa keksayishni tezlashtiruvchi zararli kimyoviy moddalar hosil bo‘lishiga olib keladi", — degan tadqiqot mualliflaridan biri doktor Aleks Guld.
Mavzuga oid

13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi

10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

12:22 / 05.03.2025