Olimlar aniqlaşiça, smartfondan atigi 72 soat voz keçiş miyaning mukofot va öz-özini nazorat qiliş bilan boğliq sohalariga ijobiy ta’sir körsatadi. Bu smartfonlardan doimiy foydalaniş miyaning fiziologik jarayonlarini sezilarli darajada özgartirişi mumkinligini yana bir tasdiqlaydi.
Heydelberg universiteti tadqiqotçilari professor Robert Kristian Volf boşçiligida smartfondan foydalanişda qisqa tanaffus miya faoliyatiga qanday ta’sir qilişini örgandi. Ular 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan, smartfonlardan muntazam foydalanadigan 25 nafar iştirokçi bilan tajriba ötkazdi. Birinçi bosqiçda iştirokçilar miyaning funksional MRT tekşiruvidan ötdi, şuningdek, smartfondan foydalaniş odatlari, qurilmaga bölgan iştiyoq darajasi va kayfiyati haqida ma’lumot beruvçi sörovnomalarni töldirdi. Şundan söng ularga smartfonlardan foydalanişni 72 soatga sezilarli darajada kamaytiriş taklif qilindi — ular qurilmalardan faqat iş, kundalik vazifalar va yaqinlari bilan boğlaniş uçun foydalanişi mumkin edi.
Uç kunlik davr yakuniga yetgaç, tadqiqot iştirokçilari qayta miya skanerlaşidan ötib, yana sörovnomalarni töldirdi. Har ikkala MRT seansi davomida ularga smartfonlarning öçiq va yoniq holatdagi tasvirlari, şuningdek, neytral rasmlar körsatildi. Olimlar smartfon tasvirlariga qaraganda miya faolligi qanday özgarganini, bu signallarni qayta işlaşda qaysi zonalar iştirok etganini örgandi.
Tajriba natijalari ajablanarli bölib çiqdi. Tadqiqotdan oldingi va keyingi sörovnomalar kayfiyatda yoki smartfonga bölgan moyillik darajasida sezilarli özgarişlarni aniqlamagan bölsa-da, miyani skanerlaş butunlay boşqaça natijani körsatdi.
Iştirokçilar 72 soat davomida gadjetlardan voz keçganidan söng miya oldingi belboğ pöstloği va yondoş yadrosida (bular mukofotlarni qayta işlaş va impulsiv xatti-harakatlarni şakllantiriş uçun mas’ul bölgan sohalar) faollik oşgani kuzatildi. Miyaning bu hududlarida şunga öxşaş faollik ma’lum moddalar yoki odatlarga tobe bölgan odamlarda ham qayd etiladi.
Şu bilan birga, uç kunlik çeklovdan söng miyaning vizual ma’lumotlarga e’tibor beriş va qayta işlaş uçun mas’ul bölgan sohalarida yoniq smartfonlarga nisbatan reaksiya, aksinça, pasaygan. Bu şuni anglatadiki, qisqa tanaffusdan söng smartfonlar miyani kamroq öziga tortgan. Şu bilan birga, miya faoliyatidagi özgarişlar lazzatlaniş va qaramlikning rivojlanişida asosiy rol öynaydigan dofamin va serotonin tizimlari bilan boğliq bölgan.
Volfning sözlariga köra, tadqiqot natijalari smartfondan qisqa muddatli voz keçiş ham mukofot tizimi bilan boğliq boşqa odatlardan voz keçiş kabi neyrofiziologik özgarişlarni keltirib çiqarişi mumkinligini körsatdi. Biroq bunday özgarişlar faqat miya faoliyatiga taalluqli bölib, xulq-atvorga ta’sir qilmaydi. Balki, sezilarli psixologik ta’sirga erişiş uçun smartfondan uzoqroq vaqt foydalanmaslik talab etilişi mumkin.
















