O‘zbekiston | 16:40 / 12.11.2017
6578
1 daqiqa o‘qiladi

YeTTB O‘zbekistonda 1 yil ichida 15ta loyihani moliyalashtirmoqchi

Toshkent shahrida endigina vakolatxonasini ishga tushirgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki kelgusi 12 oy ichida mamlakatda yana 15 loyihani amalga oshirishini ma'lum qildi. Bu haqda YeTTB vitse-prezidenti Filipp Bennet Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

Ayni paytda bank O‘zbekistondagi faoliyati qayta faollashtirgan bo‘lib, qisqa davr ichida umumiy qiymati 125 million AQSh dollariga teng 4ta kredit shartnomasini imzolagan. Oradan 7 yil muddat o‘tib, bank vakillari O‘zbekistondagi loyihalarni qaytadan moliyalashtirishga qaror qilgan.

Bennetning Kun.uz muxbiriga aytishicha, aholisining ko‘pi musulmonlardan tashkil topgan, Afg‘onistonga chegaradosh mintaqada YeTTBning faoliyati harakatchan bo‘lib bormoqda.

«Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ajratgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekistondagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard AQSh dollaridan ziyod kredit berilishi rejalashtirilgan», deydi Bennet.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish