Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik kartadan kichikroq. Yaponlar eng mitti smartfonni sotuvga chiqardi
Yaponiyaning FutureModel kompaniyasi hajmi kredit kartasidan kichikroq (90x50 millimetr) bo‘lgan NichePhone-S Android-smartfonni sotuvga chiqardi.
Uning qalinligi 6,5 mm, og‘irligi esa 38 grammni tashkil etadi.
Smartfon 2 yaderli MediaTek MT6572A protsessori bilan boshqariladi va 550 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.
Ishlab chiqaruvchilarning ishonch bildirishicha, bu batareya smartfon 72 soat ishlashi uchun kifoya qiladi (unda 3 soat uzluksiz gaplashish mumkin).
Ushbu mitti smartfon Android 4.2 operatsion tizimida ishlaydi va Bluetooth, 3G, LTE va modem rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.
NichePhone-S foydalanuvchilari ovozli qaydlarni yozib olishi, shuningdek, «bulut»dan musiqa qo‘yishi mumkin.

Bu smartfonni hamyonga solib yurish mumkin, kalkulyatorni eslatadigan bu smartfonning narxi ham hamyonbop - 88 dollar. O‘zbekistondagi rasmiy kurs bo‘yicha bu 710 ming so‘mga yaqinni tashkil etadi.



Mavzuga oid
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026
Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
09:39 / 19.06.2026