Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda tibbiyot xodimlari bayrami nishonlandi
Bugungi kunda Navoiy viloyatida tibbiyot sohasida 7 ming nafarga yaqin turli toifaga ega shifokorlar mehnat qilmoqda. Hududda davlat tasarrufidagi davolash muassasalari bilan birga 123 ta xususiy shifoxona ham faoliyat yurityapti.
10 noyabr kuni Navoiy shahridagi «Xursand» tantanalar saroyida tibbiyot sohasi vakillarining bayrami keng nishonlandi. Tadbirda viloyat hokimi Q.Tursunov soha fidoyilarini qutlar ekan, ularning el salomatligi yo‘lidagi sa'y-harakatlarini e'tirof etdi.
Tadbir davomida bir guruh shifokor hamda hamshiralar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ularning har biri qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 11 nafar viloyat hokimligi tashabbusi bilan respublika poytaxtidan taklif etilgan mutaxassis vrachlar hamda yosh shifokorlarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi.

Bayram kechasida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda tibbiyot sohasi vakillarining alohida o‘rni borligini ta'kidladi. Taniqli artist o‘z repertuaridan qo‘shiqlar ijro etib berdi.
Bektemir Pirnafasov
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026