Jamiyat | 19:30 / 14.11.2017
25754
2 daqiqa o‘qiladi

“Sado” va “Navo” ansambllarining asoschisi Vladimir Baramikov vafot etdi

14 noyabrda uzoq davom etgan kasallikdan keyin afsonaviy “Sado” ansambli asoschisi, O‘zbekiston kinematograflari ittifoqi a'zosi, taniqli bastakor, ovoz rejissyori Vladimir Baramikov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligida ma'lum qilingan. 

Foto: nuz.uz

Baramikov 15 noyabrda Toshkentdagi Botkino qabristonida soat 12.00da dafn etiladi.

Vladimir Baramikov “Sado” va “Navo” ansambllarining asoschisi sifatida ma'lum bo‘lgan. U faoliyati davomida taniqli bastakor va shoirlar Raymond Pauls, Ilya Reznik, Oleg Ivanov, Lev Oshanin, David Tuxmanov, Yuriy Entinlar bilan ijodiy hamkorlik qilgan.

Baramikov 1992 yildan “UNA Records” studiyasi bosh direktori bo‘lgan. U  tomondan 150 dan ko‘proq hujjatli va badiiy filmga original musiqa va qo‘shiqlar yozilgan.

“Sado” guruhiga 1977 yilda asos solingan. Guruh uch ayol xonandalar: Kumush Razzoqova, Aziza Muxamedova va Mila Romanididan tashkil topgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish