Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hind va nemis dorilariga juda o‘xshash qadoqlanib kelgan dori vositalari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Hindiston, Sloveniya va Germaniya farmatsevtika kompaniyalarining shikoyat arizasi o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan «MerrymedFarm» QK MChJ tomonidan «Dr.Reddy'sLaboratoriesLtd.» (Hindiston), «KRKAd.d. tovarnazdravilNovamesto» (Sloveniya), «Rotiopharm GmbH» (Germaniya) kompaniya vakillari intellektual mulk huquqlari buzib kelinayotganini bildirgan.
O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qo‘shma korxona ishlab chiqarayotgan «OMEZ DSR», «MRAMBRABEN» dori vositalari nemis va hindlar tomonidan tayyorlanadigan «Omez» hamda «Ambrobene» dori vositalarining nomiga juda o‘xshash qilib qo‘yilgan.
Shuningdek, «MerrymedFarm» QK MChJ ishlab chiqarayotgan «Deksametazon inʼeksiya uchun» va «Noklofen inʼeksiya uchun» darmon-dorilarining ust yorlig‘i, qutining ko‘rinishi sloveniyalik farmatsevtlar ishlab chiqaruvchi dori vositasi bilan bir xil qadoqlangan.
Qo‘mitada tuzilgan maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, mazkur korxona O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan qonunlarni buzgan, deb topildi. «MerrymedFarm» QK MChJ O‘zbekiston Respublikasi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasida belgilangan holatlarni buzgani ma'lum bo‘ldi. Shu bilan birga, qo‘mita tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash uchun ko‘rsatmalar taqdim etilgan.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
08:08 / 06.06.2026
Tezkor tadbirlarda minglab taqiqlangan dori vositalari aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
14:32 / 22.05.2026