Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda
2017 yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlik, bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, prezident huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish masalasida barcha viloyatlar kesimi bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Ta'kidlanishicha, Toshkent shahrida yilning oxirgi 10 oyida 100 ming aholiga 435 ta sodir etilgan jinoyat to‘g‘ri kelgan. Bu respublika bo‘yicha birinchi o‘rinda ekani qayd etildi. Bundan tashqari, Navoiy viloyatida 100 ming kishiga 285 ta, Sirdaryo viloyatida esa 277 ta, Toshkent viloyatida 245 ta jinoyat sodir bo‘lgani aytildi.
Respublikada tan jarohati yetkazish, talonchilik, o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlari so‘nggi paytlarda juda ham ko‘p sodir etilayotganligini tilga olindi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026