Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha yangi komissiya tuziladi
O‘zbekistonda endi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha Senat rahbari boshchiligida Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya barcha viloyatlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha sessiyalar o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi davomida ma'lum qilingan.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, barcha viloyatlar va tumanlarda viloyat hamda tuman kengashlarining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha sessiyalari bo‘lib o‘tadi. Uni Senat rahbari boshchiligida Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish komissiyasi nazorat qilib boradi.
Shuningdek, respublika Bosh prokuraturasi qoshida multimediya bo‘limi tashkil qilinadi. Bu yerda jinoyatchilikning oldini olish va kuzatilayotgan jinoyatlar bo‘yicha ommaga axborot berib boriladi. “O‘zbekiston24” telekanaliga esa alohida topshiriq berilgan. Endilikda, bu kanalda har kuni bir soat davomida mutasaddi shaxslar bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Mavzuga oid
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
19:42 / 23.06.2025
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
20:48 / 09.10.2024