Sport | 19:38 / 16.11.2017
15697
2 daqiqa o‘qiladi

PFL direktori 12 jamoali tizimga shoshilinch o‘tilgani sababini izohladi

Foto: KUN.UZ

Professional futbol ligasi Bosh direktori Omonjon G‘ofurov Oliy ligada 2018 yildayoq 12 jamoali tizimga o‘tilishiga izoh berdi.

«Ko‘pchilikda Oliy ligadagi islohotlar nega 2019 yildan emas, kelasi yildanoq qo‘llanildi, degan savollar tug‘ildi. Lekin bir narsani hisobga olish kerakki, agar bu o‘zgarishlarni 2019 yilda qilganimizda ham xozir autsayder bo‘lib turgan jamoalar hozirgidek oxirgi o‘rinlarda yuravergan bo‘lardi. Biz shunchaki 1 yilni yo‘qotgan bo‘lardik.

To‘g‘ri hozir qaysidir jamoalar bu qarordan norozi bo‘lishi mumkin. Muxlislarda ham e'tiroz bo‘lishi tabiiy. Ammo unutmaslik kerakki, bularning barchasi O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinmoqda. Shuning uchun islohotlarni boshlashni kechiktirib bo‘lmasdi.

Oldimizda katta musobaqalar turibdi. 2020 yilda Tokioda Olimpiada, keyin jahon chempionati keladi. Bu musobaqalarga yo‘llanma olish uchun ligamizni tezroq rivojlantirishimiz kerak», deya gapirib o‘tdi G‘ofurov «Sport» telekanalining GOL ko‘rsatuvi jonli efirida.

Mavzuga oid

E`lonlar