Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda, ayollar tomonidan jinoyat sodir etiş holatlariga barham berilmayotgani tanqid qilindi. Şu sababli oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni atrofliça örganiş, aniqlangan muammolarni joyida hal etiş, bu jarayonda, ayniqsa, sektor rahbarlari, xotin-qizlar qömitalari hamda jamoatçilikning mas'uliyatini oşiriş muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbari faqat jazo qöllaş tahdidi bilan emas, avvalo, aholi ongiga jinoyatga qöl urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, Vatanga sadoqatli böliş, atrofdagi insonlarga yuksak hurmatda böliş kabi fazilatlarini singdiriş lozimligi, bunda ommaviy axborot vositalari, radio-televideniye, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar matbuot xizmatlari yanada faollik körsatişi zarurligini ta'kidladi.
Yiğilişda yoşlar örtasida sodir etilayotgan jinoyatçilik masalasi batafsil muhokama qilindi. Bu borada ahvol taşvişlanarlidir. Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida yoşlarning 22 ming nafari jinoyatga qöl urgan. Bu raqam jinoyat sodir etgan jami şaxslar körsatkiçining uçdan bir qismini taşkil qiladi. Açinarlisi şuki, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari tomonidan 875 ta, maktab öquvçilari tomonidan esa 310 ta oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilgan.
Toşkent yuridik kolleji öquvçilari dars vaqtida muassasa hovlisida özaro janjallaşib, oqibatda bu ulardan birining ölimiga, birining esa oğir jarohat olişiga sabab bölgani kabi holatlar qaytarilişiga yöl qöymaslik zarurligi ta'kidlandi.
Majlisda yoşlar orasida jinoyatçilikning oldini oliş, bu borada ta'lim muassasalari va içki işlar organlarining hamkorligini mustahkamlaş va mas'uliyatini oşiriş masalalari tahlil qilindi. Şu maqsadda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga öquvçi-talabalarning darsdan taşqari vaqtlarini samarali ötkazişni taşkil etiş böyiça aniq çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş, maktabgaça va maktabdagi ta'lim davrida tadbirkorlik qobiliyatini şakllantirişga alohida e'tibor beriş, bu jarayonga malakali kadrlarni jalb etiş, yoşlar uçun biznes sohasiga oid adabiyotlar yaratiş yuzasidan topşiriqlar berildi.

















