Sport | 16:50 / 17.11.2017
10861
3 daqiqa o‘qiladi

APLda oyning eng yaxshilari aniqlandi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 

Gvardiola boshchiligida «Manchester Siti» «Stok Siti (7:2), «Byornli» (3:0) va «Vest Bromvich»ga qarshi (2:3) uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola sentabr oyida ham APLning tengsiz murabbiyi deb topilgandi. Kataloniyalik mutaxassis faoliyatida birinchi marta bu sovrinni ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Gvardioladan tashqari «Byornli» bosh murabbiyi Shon Daych, «Arsenal» ustozi Arsen Venger va «Tottenhem» murabbiyi Maurisio Pochettino da'vogarlik qilgandi.

«Manchester Siti» klubi vingeri Leroy Sane oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Gvardiola boshchiligida «Manchester Siti» oktabr oyida o‘tkazilgan uchta premer-liga uchrashuvlari «Stok Siti (7:2), «Byornli» (3:0) va «Vest Bromvich»ga qarshi (2:3) o‘yinlarning barchasida g‘alaba qozondi.

Leroy Sane esa bu uchrashuvlarda jami 3ta gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Oy futbolchisi bo‘lish uchun Sanedan tashqari, uning jamoadoshi Kevin de Bryuyne, Nacho Monreal («Arsenal»), Vilfrid Zaa («Kristal Pelas», Glen Myurrey («Brayton») va Nik Poup («Byornli») ham da'vogarlik qilishgandi.

Angliya premer-ligasining oktabr oyidagi eng chiroyli goli ham aniqlandi.

Sauthempton» yarimhimoyachisi Sofiyon Bufal tomonidan «Vest Bromvich» darvozasiga kiritilgan gol oyning eng chiroyli goli deb topilgan.

 APL homiysi Carling oyning eng chiroyli goli muallifiga sovg‘asini topshirgan.

 

Mavzuga oid