Jamiyat | 09:15 / 17.11.2017
11126
3 daqiqa o‘qiladi

Gangsterlar bo‘yicha «mutaxassis»: Martin Skorseze 75 yoshga to‘ldi (foto)

Foto: Reuters

Rejissyor, prodyuser va ssenariychi Martin Skorseze o‘zining birinchi «Oskar»ini faqatgina 2007 yilda oldi – «Murtadlar» kriminal dramasi uchun. Bunga qadar italiyalik muhojirlar oilasidan bo‘lgan Martin Amerika kinoakademiyasi mukofotiga olti marta da'vogarlik qilgan – eng sevimli aktyorlaridan biri Leonardo Di Kapriodan ko‘proq (darvoqe, Di Kaprio «Murtadlar»da rol ijro etgan, lekin hattoki nominatsiyani ham olmagandi). Ilk bora esa Skorseze 1981 yilda, «Quturgan buqa» sport dramasi uchun nominatsiyaga qo‘yilgan; keyin – «Iso Masihning so‘nggi sinovi», «Zo‘r yigitlar», «Ma'sumlik davri», «Nyu-York to‘dalari» va «Aviator» uchun. Akademiklar hayratdan yoqa ushlashgan – nega bu rejissyor nominatsiya ro‘yxatlariga kiritilmoqda?

Shu bilan birga, Skorseze 80-yillarning boshlaridayoq juda ko‘plab filmlar rejissyorlari (u 60-yillar boshlaridan faol suratga olishni boshlagan), «Taksichi» filmi uchun Kann kinofestivalining «Oltin palma novdasi»ga (1976 yilda) ega inson sifatida tanilgandi. Umuman, uning kinodagi ishini barcha tan olgan, biroq aynan 2007 yilda u «Oltin globus» (unda to‘rtta shunday mukofot bor) va BAFTA, shuningdek, «Oskar»dan iborat bo‘lgan kolleksiyasini qo‘lga kiritdi. 17 noyabr kuni Hollivudda gangsterlar bo‘yicha «mutaxassis» hisoblanuvchi Martin Skorseze 75 yoshga to‘ldi.

Frenk Vinsent va Jo Peshi Martin Skorsezening «Kazino» filmida (1995)

«Quturgan buqa» (1980)

«Nyu-York to‘dalari» (2002)

Robert De Niro «Taksichi» filmida (1976)

Leonardo Di Kaprio «Uoll-stritlik bo‘ri» filmida (2013)

«Iso Masihning so‘nggi sinovi» (1988)

«La'natlanganlar oroli» (2009)

«Murtadlar» (2006)

«Yovuz ko‘chalar» (1973)

«Komediya qiroli» (1982)

Leonardo Di Kaprio va Keyt Bekinseyl Martin Skorsezening Hovard Hyuz haqidagi «Aviator» filmida (2004)

«Nyu-York, Nyu-York» (1977)

Jo Peshi, Robert De Niro va Rey Liotta «Zo‘r yigitlar» filmida (1990)