11:10 / 18.11.2017
25558

Xonalarni yam-yashil ekzotikaga aylantirishni istaysizmi? Zamonaviy fitodevorlar O‘zbekistonda!

Har bir inson uyi va ishxonasida yashil tabiat uyg‘unligi bo‘lishini xohlaydi.  Sababi, u sokinlik va shinamlik bag‘ishlaydi. Ko‘zining charchog‘ini olib, atrofda jonli makonni yaratadi. 

Ko‘plab idoralarda xona gullari deraza tokchalariga bezatib qo‘yilganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirda esa zamonaviy «yashil ekzotik»  ustunlar - fitodevorlar paydo bo‘la boshladi. 

Foto: Fitomir

Fitodevorlar istalgan xonada yam-yashil o‘rmon muhitini hosil qila oladi. Ular xuddi vertikal yuzalikda o‘suvchi o‘simliklar qatorida foydalaniladi. Shuningdek, bu noodatiy devorlar har qanday intererga o‘zgacha chiroy va go‘zallik ulashadi, havoni tozalab, yumshatadi, insonni tabiatga yaqinlashtiradi. 

O‘zbekistonda bunday o‘simlik mavjudmi?

Foto: Fitomir

Endilikda mazkur zamonaviy texnologik fitodevorlarni yurtimizda ham topish mumkin. Bunday ajoyib imkoniyatni sizga Fitomir kompaniyasi taqdim etadi. 
Fitomir – xona dizaynini obodonlashtirish va ko‘rkam qilish uchun o‘ziga xos uslublarni yaratuvchi yetakchi kompaniya. Bu yerda siz uyingiz va ofisingiz uchun turli xil assortimentdagi fitodevorlarni harid qilishingiz mumkin. 

Fitodevorlar nima uchun kerak? 

Foto: Fitomir

•    Fitodevorlar chinakam xona bezagi bo‘lib, istalgan hududga go‘zal tabiat tarovatini bag‘sh etadi
•    Texnologik gadjyetlar va kundalik yumushlardan charchagan ko‘zlarning charchog‘ini oladi;
•    Ular har qanday obekt: xonadon, ofis, savdo markazi, mehmonxona, restoranlarga mos keladi.

Fitomir kompaniyasining ko‘kalamzorlashtiruvchi devorlarining afzalliklari:

Foto: Fitomir

•    Tabiiy so‘nmas o‘simliklar
•    Sug‘orish, parvarishlash, yorug‘lik va qo‘shimcha uskunalar talab etmaydi
•    Allergiya qo‘zg‘atmaydi
•    Chidamli ya'ni 10 yilgacha ishlatish mumkin
•    Tijorat intererlari uchun ideal mutanosiblik

Shuningdek, kompaniya mijozlarga eng sara, sifatli mahsulotlarni taqdim etadi. Daraxtlar Ispaniya, fitodevorlar Fransiya, gullar esa Ekvadordan keltiriladi!

Oilangiz uchun kutilmagan sovg‘a qilishni istaysizmi? Siz ishlaydigan idorada yam-yashil go‘zallik bo‘lishinichi? Xonadoningizga tashrif buyuruvchi mehmonlarni hayratga solishnichi? U holda zamonaviy urfga aylangan fitodevorlar bu borada munosib tanlov bo‘la oladi. 

Foto: Fitomir

Fitomir o‘z mijozlariga chinakam ekzotik, ekologik va tabiiy san'at namunalarini taqdim etishga hamisha tayyor.
Kompaniyaning feysbukdagi rasmiy sahifasida turli aksiyalar, viktorinalar va tanlovlar o‘tkaziladi. Mazkur sahifaga a'zo bo‘lgan holda nafaqat so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishingiz, balki yoqimli sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz ham mumkin.

Foto: Fitomir

Murojaat uchun telefonlar: +998977188817; 
                                                  +998977082426
Telegram: t.me/Fitomiruz
Facebook: facebook.com/fitomir.uz/
Instagram: www.instagram.com/fitomiruz/

Reklama huquqi asosida.

Top