22:40 / 18.11.2017
80650

Toshkentda Land Cruiser Prado 2018 mashinasining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi​

18 noyabr kuni​ Yaponiyaning eng katta - Toyota​ korxonasi O‘zbekistonda ilk rasmiy dillerlik markazini ochdi. Shuningdek, bu kunda yangilangan Toyota Land Cruiser Prado 2018 rasmiy taqdimoti​ ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qiladi.

Mazkur taqdimot Toshkent shahridagi "Samarqand Darvoza" savdo-komleks majmuasida tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 1 dekabr kuniga qadar davom etishi ma'lum qilingan. 

Mashina yuqori standartdagi xavfsizlik yostiqchalari, GXR uch eshik va EXR besh eshik moduli bilan jihozlangan. Vaziyatga qarab Toyota Land Cruiser Prado 2018​ ning shinalari avtomatlashtirilgan nazorat tizimiga bo‘ysundiriladi. 

Salon jihozlari uchun oliy navli hom-ashyo vositalaridan foydalanilgan bo‘lib, haqiqiy yapon sifatini o‘zida mujassam etgan. Unda mikro iqlimni yaratish tizimi ishlaydi. Tashqi shovqindan maksimal himoyalangan oyna va eshiklar VFX ovoz uzatmasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

 

 

Top