Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati IIB boshlig‘i Samarqand viloyati IIBga o‘tkazildi
19 noyabr kuni Namangan viloyat Xalq deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik mas'ul xodimi Kun.uz'ga xabar berdi.
Unda bir nechta tashkiliy masalalar muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, kun tartibida Namangan viloyatiga IIB boshlig‘i lavozimiga polkovnik Odil Ergashevich Otaxo‘jayevning tayinlanishi ma'qullandi.
Ushbu lavozimda shu kungacha faoliyat yuritib kelgan polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov esa Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
KUN.UZ aniqlagan ma'lumotlarga ko‘ra, shu kungacha Samarqand viloyat IIB boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Fayzullo Bozorovich Quvondiqov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga oid
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
20:44 / 11.08.2025
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
17:59 / 06.08.2025
Sirdaryoda mashina olib qochgan ikki yigit Bo‘kada ularning yo‘lini to‘sgan IIB xodimini pichoqladi
20:29 / 02.08.2025