Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeOTB: Tojik-o‘zbek munosabatlarining normallashuvi Rog‘un GES qurilishini tugatishda yordam beradi
Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarining normallashuvi va xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi Tojikiston hukumatiga Rog‘un GES qurilishini oxiriga yetkazish imkonini beradi, deb hisoblashmoqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) tahlilchilari.
"Tojikiston hukumatining Rog‘un GES qurilishini yakunlash bo‘yicha rejalari qo‘shimcha turtkilarni oldi. Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarining normallashuvi hamda xalqaro kapital bozorida 500 million dollarlik mablag‘lar jalb etilishi italiyalik pudratchiga nafaqat jadvaldagi farqni yo‘qqa chiqarish, balki Rog‘un GESning birinchi navbatini 2018 yil oxirida yakunlash imkonini beradi", - deyiladi YeOTB bosh iqtisodchisi Guruhining makroiqtisodiy tahlilida.
Tahlil mualliflari fikriga ko‘ra, “Tojikiston hukumati tomonidan joriy yilning sentabr oyida xalqaro bozorda yevrobondlarning joylashtirilishi Rog‘un GESni moliyalashtirish uchun mablag‘lar jalb etish maqsadida amalga oshirildi. Bu yaqin istiqbolda investitsiyaviy o‘sishni tiklash jarayonini qo‘llab-quvvatlashi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston o‘tgan yilning oktabr oyida balandligi 335 metr va qiymati 1,95 milliard dollar bo‘lgan to‘g‘onni qurish bo‘yicha ishlarni boshladi. Butun GES qurilishining qiymati esa – 3,9 mlrd. dollarga teng.
Mavzuga oid
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
19:22 / 21.11.2025
«Chegara bilmas daryolar» O‘zbekiston aholisi nomidan Rog‘un GES qurilishidan shikoyat qildi
20:08 / 08.10.2025