Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadondan o‘g‘rilik fosh etildi
2017 yil 26 oktabr kuni soat 08:30 dan 23:30 ga qadar vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro J.M.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jami bahosi 5.500.000 so‘m bo‘lgan «Lenovo» rusumli plansheti, «Acer» rusumli noutbuki, «Samsung» rusumli televizori hamda «Artel» rusumli changyutgichini o‘g‘irlagan. Shuningdek J.M.ning muhim shaxsiy hujjatlarini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (muhim shaxsiy hujjatlarni egallash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni 1990 yilda tug‘ilgan A.M. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.