20:15 / 20.11.2017
18621

Shakar yaralarni tezroq bitirish xususiyatiga ega

Aniqlanishicha, shakar yaralari tez bitmayotgan insonlar, masalan, qandli diabet bilan og‘riganlar va qariya insonlarga yordam bera oladi. U angiogenez — yangi qontomirlarning paydo bo‘lishiga rag‘bat uyg‘otar ekan. The Deccan Chronicle nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya va Pokiston tadqiqotchi olimlari shunday xulosaga kelishgan.

Tadqiqotchilar gidrogelli bog‘lamaga shakar qo‘shishgan. Bu yaralarning bitishida bosh rol o‘ynovchi yangi qon tomirlarning paydo bo‘lishini tezlashtirgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yaralarning bitishini oddiy shakar tezlashtiradi. Yangi usul jo‘nligi va arzonligi bilan mavjudlaridan ustun.

Darvoqe, Kembrij universiteti tadqiqotchilari ilgariroq sichqonlar ustida teri to‘qimalariga oid ustida tajribalar o‘tkazishgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, kunduz kuni paydo bo‘lgan yaralar tungisiga nisbatan ikki barobar tezroq bitar ekan.

Top