O‘zbekiston | 21:30 / 21.11.2017
46541
2 daqiqa o‘qiladi

Bir necha lavozimda ishlaydiganlarga 50 foizdan ortiq maosh to‘lanmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi qarori bilan o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi takomillashtirildi. Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari xodimlari bo‘sh o‘rin va tegishli malaka bo‘lgan taqdirda amalda ishlangan vaqt uchun mehnatga haq to‘langan holda o‘rindoshlik asosida shartnomalar tuzishi mumkin.

Bunda o‘rindoshlik bo‘yicha ish vaqtining davom etishi vrachlar uchun ish vaqtining oylik normasidan ortiq bo‘lmasligi lozim, deb yozadi "Xalq so‘zi" gazetasi.

Shuningdek, O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra byudjyet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori lavozim bo‘yicha maoshning 50 foizdan (ilgari 30 foiz edi) ortiq bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Mavzuga oid