Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti ADLni "eskirgan" tashkilot deb atadi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Arab davlatlari ligasi tashkilotini tanqid qilib, uni "eskirgan" tashkilot deb atadi. Uning saytiga joylashtirilgan bayonotda shu haqda so‘z boradi.
"Shu narsa afsuslanarliki, hozirgi sharoitda, mintaqa xalqi juda katta ish qilgan bir vaqtda, ADL nomli eskirgan, charchagan va samarasiz tashkilotning tashqi ishlar vazirlari Yaman xalqi bombardimonlarga javoban Ar Riyod tomon raketa uchirishga qanday jur'at qilganini muhokama qilish uchun to‘plansa", — degan Ruhoniy.
Yamanning isyonchi husiylari parvoz masofasi 750 kilometr bo‘lgan raketani Saudiya Arabistonidagi nishonga uchirgan edi. Podshohlik havo hujumidan himoya qilish kuchlari raketani urib tushirdi, uning parchalari poytaxt aeroportiga quladi. Ar Riyod bunda Tehronni aybladi.
"Iroqliklar IShID tomonidan hujumga uchraganida, Suriya xalqi IShIDga qarshi Halab va Dayr az Zorda kurashganida, Yaman aholisi Saudiya tomonidan bombardimon qilinganida, livanliklar terrorchilarga qarshi kurashganida Arab davlatlari ligasi qayerda edi?" — deya qayd etgan Eron rahbari.
Ruhoniyning bayonoti Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan bir necha kun o‘tgach e'lon qilindi. O‘sha sammit yakunida tashqi ishlar vazirlari "Eronning arab mamlakatlari ishiga aralashuvini qoralagan edi".
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026