Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda aholi soni qaytadan hisoblab chiqildi
Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, mamlakatda o‘tkazilgan aholini qayta hisoblash tadbiridan so‘ng, mamlakat aholisi soni 1,399 milliardni tashkil etishi aniqlangan. Bu haqda Sinxua xabar berdi.
Seshanba kuni e'lon qilingan hisobotda aytilishicha, umummilliy aholi hisob-kitobi o‘z nihoyasiga yetgan. Ushbu ma'lumotlar omborida mamlakatdagi barcha fuqarolar haqida axborot mavjud.
Rasmiylarning ta'kidlashicha, ushbu ombordan faqat ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, jumladan, nafaqa va pensiya to‘lash, tibbiy sug‘urta, nikohni qayd etishda foydalaniladi.
Aholini hisoblab, ular haqdagi ma'lumotlarni yig‘ishda Jamoat xavfsizligi vazirligiga Inson resurslari va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi, Ta'lim vazirligi, Fuqarolik ma'muriyati vazirligi ko‘mak ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
08:18 / 23.06.2026
Xarita: qaysi davlatlarda 65 yoshdan oshganlar ulushi eng yuqori?
08:58 / 22.06.2026