Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 21 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri va Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan ham uchrashadi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etadi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024