Jamiyat | 19:36 / 28.11.2017
10129
4 daqiqa o‘qiladi

Gazdan foydalanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir takliflar bildirildi

Foto: Fotolia

"O‘ztransgaz" tashabbusi bilan o‘tkazilgan III respublika seminarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Fuqarolar yashash sektorlarida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnash bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish taklifi bilan chiqdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, joylarda hamkorlikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi ta'kidlangan:

  • Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlaridagi gaz va isitish jihozlari, dudburonlari va ventilyatsiya tizimlarining isitish mavsumidan oldin texnik ko‘rikdan to‘liq o‘tkazilishini ta'minlash va nazorat qilish;
  • Tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish, dudburon va mo‘rikonlarni qurish va ulardan to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha idoraviy veb-saytlarga tegishli ma'lumotlarni joylashtirish;
  • Aholi iste'moli uchun yetkazib berilayotgan  suyultirilgan gaz va ko‘mir tarqatish punktlariga murojaat qilgan har bir tashkilot va fuqaroga suyultirilgan gaz, ko‘mir va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish hamda nosoz, nostandart (qo‘lbola yasalgan) va sertifikatlanmagan gaz isitish anjomlarini ishlatish hayot uchun xavfli ekanligi to‘g‘risida fuqarolarga qisqa mazmundagi eslatmalar tarqatish ishlarini tashkil qilish;
  • Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq  vaziyatlarning salbiy oqibatlari hamda gaz jihozlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish:     
  1. aholi uchun ta'sirchan video-radio roliklarni ishlab chiqish va ommabop vaqtlarda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali uzatib borish;         
  2. eslatma, buklet va lifletlar ishlab chiqib, aholiga tarqatish;         
  3. aholi gavjum joy (shoxbekat, jamoat transportlarining oxirgi bekatlari, avtobus, tramvay, trolleybus, metro va yo‘nalishli taksi salon)larga tegishli mazmundagi plakatlar osib qo‘yish;         
  4. shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalaridagi mavjud reklama qalqonlariga bannerlarni o‘rnatish;         
  5. joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida mehnatga jalb etilmagan aholi bilan hamda ijtimoiy, iqtisodiy va xalq xo‘jaligi obektlarining ishchi-xodimlari bilan keng qamrovli ma'ruza va suhbatlar o‘tkazish;
  6. kinoteatrlarda filmlar namoyishi oldidan ijtimoiy roliklarni namoyish etish.      
  • Chet davlatlarda ishlab chiqilgan sifat sertifikatga ega bo‘lmagan gaz isitish pechlari va so‘rg‘ichlarni respublika hududiga kirib kelishi va sotilishini ta'qiqlash choralarini kuchaytirish;       
  • “Hayot xavfsizligi asoslari” dasturi asosida tabiiy gaz va boshqa alternativ yoqilg‘i turlaridan isitish pechlaridan va asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan o‘rta umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylar hamda oliy o‘quv muassasalarida qo‘shimcha integrallashgan darslar o‘tilishini ta'minlash. 

Mavzuga oid