Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, Zangiota tumanida fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangan.
Oqibatda jami 417,1 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Şuningdek, Şerobod tumanida fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegişli “Qoraboğ” MFY hududidagi sexga örnatilgan elektr hisoblagiçga şikast yetkazgan.
Oqibatda 186,6 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












