FVV örganişlariga köra, 2022 yilda Özbekistonda is gazidan zaharlaniş tufayli 122 kişi vafot etgan bölsa, joriy yilda 32 ta holat qayd etilgan. Sovuq kunlarning kelişi fonida bunday fojiali xabarlar yana paydo bölmoqda. FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlaniş yuzaga kelişi hamda u nega inson ölimiga olib kelişini tuşuntirdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi örgangan monitoring hujjatlariga köra, Özbekistonda 2022 yil is gazidan zaharlaniş böyiça 84 ta holat yuzaga kelib, 122 kişi halok bölgan. Bunda yonğin vaqtidagi holatlar ham hisobga olingan. 2023 yilda 46 ta holat yuzaga kelgan bölsa, 2024 yilning şu davrida 32 ta holatda is gazidan zaharlaniş sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati boşliği örinbosari Samandar Hikmatullayev 7 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Şuningdek, FVV mas’uli nega is gazidan zaharlaniş yuzaga kelişi, u qanday qilib inson ölimiga olib kelişini tuşuntirdi.
«Aytib ötişimiz kerakki, bunda is gazi bilan zaharlanişda yuqorida aytib ötgan odamlarning halok böliş ehtimoli ança yuqori böladi. Biz kislorod bilan tirikmiz. Agar qisqa vaqt içida, masalan, 5 daqiqa içida kislorod miyamizga yetib bormasa, inson halok bölişi mumkin.
Xona havosining taxminan 8 foizi kisloroddan taşkil topadi. Endi, agar öşa joyda bir metr kub gaz yonar ekan, xonamizdagi ön metr kub havoni yoqib qöyadi. Havo yöqolgaç, uning örnida is gazi paydo böladi.
Hozirgi kunda biz uyimizda köp özgartirişlarni kiritganmiz. Masalan, oşxona eşigi yoki taşqi tomondan kiradigan eşigimiz. Avvalgi standartlarni köradigan bölsak, mana şu eşikning tagida, oddiyroq qilib aytganda, bir barmoq siğadigan darajada tirqiş bölişi kerak. Taşqaridan havo kirişi kerak. Taşqaridan havo kirgandagina uyimizdagi şamollatiş tizimi işlaydi. Taşqaridan qöşimça havo kiradi va bu yerdagi havo yoki paydo bölgan yengil is gazi yuqoriga qarab harakatlanadi.
Şamollatiş tizimi orqali bizda eşik va derazalar germetiklanib ketgan. Xonani isitişimiz kerak, lekin eşiklarni ham germetik qilib qöysak, deraza romlari ham rezinali bölsa, xonaga qöşimça havo kirmagandan keyin yongan gaz hatto şamollatiş tizimi işlasa ham, öz işini töla bajara olmaydi. Tsirkulyatsiya — havoning almaşiniş jarayoni işlamaydi. Bu esa is gazining xona içida yiğilişiga va insonlarning halokatiga olib keladi.
Yuqorida aytganimizdek, natijada gemoglobin «ikki qöliga kislorodni uşlamaydi-da, kislorod oksidini uşlab oladi va butun organizmga taşişni» boşlaydi. Natijada karboksigemoglobin hosil böladi. U organizmda köpayib ketganidan keyin doimiy zaiflik (gipoksiya) va keyinçalik anoksiya, ya’ni miyani ölişiga, keyin huşdan ketişga olib keladi. Oxir-oqibatda inson vafot etadi. Bu jarayonni inson sezmaydi, u juda sekin keçadi.












