Fan-texnika | 23:25 / 29.11.2017
22720
4 daqiqa o‘qiladi
Parollarni brauzerlardan qanday topish mumkin?
Chrome, Firefox, «Yandeks.Brauzer», Opera, Safari, Edge va Internet Explorer'ning mobil hamda desktop versiyalari uchun ko‘rsatmalar "Layfxaker"da taqdim etildi. Maqolada o‘zingizni qiziqtirgan brauzer versiyasini toping va uning yonida ko‘rsatilgan tugmalar ketma-ketligidan foydalaning. Natijada siz interfeysning saqlangan parollarni ko‘rish va zarurat tug‘ilganda o‘chirish mumkin bo‘lgan maxsus bo‘limiga kirasiz.
Google Chrome
- Windows: brauzer menyusi → «Sozlamalar» → «Qo‘shimcha» → «Parollar va shakllar» → «Sozlash»;
- macOS: Chrome → «Sozlamalar» → «Qo‘shimcha» → «Parollar va shakllar» → «Sozlash»;
- Android: brauzer menyusi → «Sozlamalar» → «Asosiy» → «Saqlangan parollar»;
- iOS: brauzer menyusi → «Sozlamalar» → «Asosiy» → «Saqlangan parollar».
Mozilla Firefox
- Windows: brauzer menyusi → «Sozlamalar» → «Maxfiylik va himoya» → «Brauzer maxfiyligi» → «Saqlangan loginlar»;
- macOS: Firefox → «Sozlamalar» → «Maxfiylik va himoya» → «Brauzer maxfiyligi» → «Saqlangan loginlar»;
- Android: brauzer menyusi → «Parametrlar» → «Maxfiylik» → «Loginlar» → «Loginlarni boshqarish»;
- iOS: brauzer menyusi → «Parametrlar» → «Maxfiylik» → «Loginlar».
Yandeks.Brauzer
- Windows: brauzer menyusi → «Sozlamalar» → «Qo‘shimcha sozlamalarni ko‘rsatish» → «Parollar va shakllar» → «Parollarni boshqarish»;
- macOS: Yandex → «Sozlamalar» → «Qo‘shimcha sozlamalarni ko‘rsatish» → «Parollar va shakllar» → «Parollarni boshqarish»;
- Android: parollarni ko‘rish imkoni yo‘q;
- iOS: parollarni ko‘rish imkoni yo‘q.
Opera
- Windows: brauzer menyusi→ «Sozlamalar» → «Xavfsizlik» → «Parollar» → «Barcha parollarni ko‘rsatish»;
- macOS: Opera → «Sozlamalar» → «Xavfsizlik» → «Parollar» → «Barcha parollarni ko‘rsatish»;
- Android: parollarni ko‘rish imkoni yo‘q;
- iOS: parollarni ko‘rish imkoni yo‘q.
Safari
- macOS: Safari → «Sozlamalar» → «Parollar»;
- iOS: tizimli sozlamalar → «Ro‘yxatdan o‘tish va parollar» → «Dastur va saytlar parollari».
Edge
- Windows: brauzer menyusi → «Parametrlar» → «Qo‘shimcha parametrlarni ko‘zdan kechirish» → «Konfidentsiallik va xizmatlar» → «Parollarni boshqarish»;
- Android: brauzer menyusi→ «Sozlamalar» → «Asosiy» → «Saqlangan parollar».
Internet Explorer
- Windows: brauzer menyusi → «Brauzer xususiyatlari» → «Mazmuni» → «Parametrlar» → «Avtoto‘ldiruvni qo‘llash» → «Parollarni boshqarish».
Mavzuga oid
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi
20:29 / 29.10.2020