Jamiyat | 11:37 / 30.11.2017
26046
3 daqiqa o‘qiladi

Tarixdagi eng noodatiy banknotalar: 100 trillion Zimbabve dollaridan tortib 100 million milliard pengogacha

Quyida eng noodatiy pul birliklari beshtaligi keltirilgan.

Konsentratsion lagerdagi banknota (Chexiya)

Bu banknotalar natsistlar tomondan Chexiyaning Terezin shahridagi Tereziyenshtadt konsentratsion lageri ichida qo‘llash uchun yaratilgan. 

Bu lager natsistlarda “namunaviy” hisoblangan, u Qizil xoch va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillariga yahudiylar bilan yaxshi munosabatda bo‘linayotganiga misol tariqasida namoyish qilingan. Bu lagerda sinagogalar, ma'ruzalar zallari faoliyat yuritgan, jurnallar chop etilgan, spektakllar va ko‘rgazmalar o‘tkazilgan.

Oddiy qog‘ozda chop etilgan 10 va 20 kronlik banknotalar Qizil xoch uchun “xo‘jako‘rsinga” yaratilgan va hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan hamda hech qachon qo‘llanmagan.

Diktatorning yuzi kesib olingan banknotalar (Zair)

1997 yilda Zairda (hozirda Kongo Demokratik respublikasi) Jozef Mobutuning totalitar tuzumi ag‘darilgan. Yangi hukumat naqd pul yetishmasligiga uchraganda, eski 20 minglik zair pul banknotalarini undagi diktator Mobutu suratini qirqib olib, vaqtinchalik qo‘llashga qaror qilgan.

100 trillion dollar (Zimbabve)

2009 yil yanvarda Zimbabve zaxira banki 100 trillion Zizbabve dollarini chiqara boshlagan. Bu vaqtga kelib Zimbabveda inflyatsiya darajasi jahonda eng yuqori darajaga yetgan. Suratdagi banknotani bor-yo‘g‘i 300 AQSh dollariga ayirboshlash mumkin bo‘lgan.

2008 yil iyulda Zimbabveda inflyatsiya aqlbovar qilmas darajaga – 231 mln foizga yetgan. Bir buxanka non 300 milliard Zimbabve dollari turgan.

100 million milliard pengo (Vengriya)

Ikkinchi jahon urushi oldidan Vengriya pengosi tarixda qayd qilingan eng yuqori inflyatsiyaga uchragan. 1946 yilda Vengriyada 100 million milliard pengo qiymatdagi banknotalar paydo bo‘lgan. Agar bu qiymat raqamlarda ifodalansa bunday ko‘rinish oladi: 100 000 000 000 000 000 000 (1 dan keyin 20 ta nol) pengo.

Bu vaqtda Vengriyada narx-navo deyarli har 15 soatdan keyin 2 barobar qimmatlab borgan. Shu sababli 1946 yil iyulda Vengriya hukumati pengoni tugatib, uning o‘rniga forint pul birligini kiritgan va u hozirgacha Vengriyaning rasmiy pul birligi bo‘lib qolmoqda.

Suratlardagi banknotalar haqiqatda bosib chiqarilgan, biroq muomalaga kiritilmay qolib ketgan.

Dunyodagi eng qadimiy banknota (Xitoy, 1380 yil)

Qog‘oz pullardan ma'lum bo‘lgan eng qadimiysi Xitoyda miloddan avvalgi 800-yillarga taalluqlidir. 

Suratdagi banknota esa bizning kunlargacha saqlanib qolgan eng qadimiy banknotadir. U 1380 yilda bosib chiqarilgan.

Mavzuga oid