O‘zbekiston | 09:12 / 01.12.2017
4441
1 daqiqa o‘qiladi
Slovakiya elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pavol Ivan O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda va shu sababli yurtiga qaytadi.
Shu munosabat bilan Pavol Ivan rafiqasi Larisa Ivanova bilan birga diplomatik korpus vakillari uchun xayrlashuv qabulini tashkillashtirdi. Ivan tadbirda O‘zbekiston hukumatiga iliq qabul va ikki davlat o‘rtasidagi sermahsul hamkorlik uchun minnatdorlik va tashakkur bildirdi.
Elchining ta'kidlashicha, u talabalik vaqtidayoq O‘zbekistonda bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan va Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurgan.
Slovakiya elchisi dekabrda o‘z vataniga qaytib ketadi.