Qoraqalpoğiston Respublikasi axborot agentligi rahbari Yesimqan Qanaatov agentlik saytida e'lon qilingan maqolasida maşhur jinsi materialining vatani Amerika ekaniga şubha bidiradi. Bu I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar haqida tayyorlagan lavhasida şunday fikr bildirdi. 

Ayni paytda Nukus şahridagi butun dunyoga maşhur I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida noyob mustahkam matodan işlangan 4 dona kök rangli köylak saqlanmoqda. Xalq tilida bu kökköylak deb nomlanadi. Bir neça yuz yillar avval hozirgi jinsi kabi mustahkam matodan qilingan uşbu betakror eksponatlar muzeyga kelayotgan minglab xorijiy turistlarning hayratini oşirmoqda. Jinsi matosi eng avval Amerikada emas, balki Özbekiston zaminida paydo bölgan ekan-da, deya ajablanmoqda. Xöş, uşbu mato qanday qilib yurtimizda paydo bölib qolgan ekan?

Foto: I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi

Qoraqalpoq san'atining takrorlanmas esdaliklaridan biri kökköylak dunyoda boşqa bironta ham xalqda uçramaydigan tantanali libos turi sanaladi. Şuningdek, tasviriy hamda kaştaçilik san'atining ham betakror namunasi sifatida talqin qilinadi. Kökköylakni qoraqalpoqlarda «buyoq köylak» va «kaştali köylak» deb ham nomlaşadi. Çunki bu köylak kök rang bilan böyalgan va har xil kaştalar bilan bezalgan. Köylakning bezalişida oltmişdan ortiq naqş turlari qöllanilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, kökköylak asosan Dengizböyi qoraqalpoqlarida keng tarqalgan. Kökköylak namunalari I.V.Savitskiy muzeyidan boşqa Sankt-Peterburg şahridagi Etnografiya va Nukus şahridagi Ölkaşunoslik muzeylarida ham saqlanmoqda.

Foto: I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi

Kökköylak böyiça tadqiqot işlarini olib borgan olim M.Qipşaqbayev: «Kökköylak hozirgi jeans (jinsi) materialini yodga soladi va şu mato turining dastlabki ixtiroçisi qoraqalpoq çevarlari bölganligiga şubha uyğotmaydi. Qoraqalpoqlarning qadimdan Buyuk Ipak yölida qönim topgani va ularda savdo-sotiq işlarining rivojlanişi bu materialning Yevropa davlatlariga tarqalişiga olib kelgan bölsa, ajabmas», deb yozadi. 

Kökköylak materialining mustahkam matodan işlanganligi haqiqat va şuning uçun köpçilik tadqiqotçilar şunday xulosaga kelişgan.

Kökköylakning yoqasi, etagidan kökrak qismigaça naqş bilan kaştalangan.  Kökköylakdagi mayda naqşlar şu qadar köp va murakkab-ki, bitta köylakni bezaş uçun qoraqalpoq qizlari 4 yildan 7 yilgaça vaqt sarflaşgan. Şuning uçun xalqda «olti yoşda boşlasang oşirasan, yetti yoşda boşlasang yetkazasan» degan gap bor. Bu aynan kökköylak tikiş san'atiga boğliq aytilgan. Qoraqalpoq qizlari uşbu köylakni asosan özlarining nikoh töylariga atab tikişgan.

I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi etnografiya bölimi rahbari Aygul Pirnazarova kökköylak haqida şunday deydi:

«Kökköylakning tarixi sak-massagetlar davriga borib taqaladi. Mard Tömaris va dovyurak Gulayim boşqargan qizlar duşmanlarga qarşi yurişda kiyimlarining oldiga yoki sovutga ajoyib naqşlar tuşirgan. Sababi şuki, uşbu naqşlar duşmanning közini qamaştirişda qöl kelgan.

Foto: I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi

Kökköylakdagi naqşlarning köp bölişi ham uşbu davrdan qolgan. Kökköylak tikiş san'ati 19 asrlargaça xalq orasida bölgan. U «amirxoni paxta» deb nomlangan ingiçka tolali paxta ipidan işlangan. Uşbu paxta ipi maxsus asbobda (mahalliy tilda «qozaq» deb nomlanadi) matoga aylantirilgan, u böz mato deb atalgan. Böz matoni böyoqçilar kök rangga böyaşgan. 

Muzeyga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlarning «qoraqalpoqlar jinsini amerikalilardan avval öylab topişgan ekan. Demak, jinsining vatani – Amerika emas, Özbekiston ekan-da!» deb taajjub bilan tan olişganini köp marotaba guvohi bölganman».

Mustaqillik yillarida madaniy meroslarni qayta tiklaşga katta e'tibor qaratildi va kökköylakni zamonaviy tikuv maşinalarda qayta hayotga keltirişga harakatlar boşlandi.

Ötgan asrning 90 yillari boşlarida qoraqalpoğistonlik hunarmand Daljanova Nesibeli muzeydagi kökköylaklarning naqşlaridan namuna olib, ilk bor tikuv maşinasida uşbu köylakni 24 kun davomida tikib çiqdi. Şu yili mazkur kökköylak Olmaota şahrida ötkazilgan «Osiyo tovuşi» tanlovida ğolib böldi.

Foto: I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi

Hunarmandlar orasida milliy meroslarni qayta tiklaş borasida faoliyat körsatib kelayotgan Ayzada Nurimbetova ham qoraqalpoq kiyimlarini, xususan, kökköylakni dunyoga tanitişda qator işlarni amalga oşirib kelmoqda. U kaştali kiyimlarni zamonaviy körinişga keltirib, tikuv maşinasida va qöl bilan kaştalovçilarga rahbarlik qilib, qator davlatlarga xalq amaliy san'atini namoyiş qilib kelmoqda.


Yesimqan Qanaatov
Qoraqalpoğiston axborot agentligi direktori