Yengilmas Kroufordga qarşi töqnaşuvda jang böyiça yengilmagan Madrimov 8 yildan buyon raqiblarini nokautga uçratib kelgan Terensning bu boradagi seriyasini töxtatgani tahsinga sazovor. Ammo jang içidagi vaziyatlarni yetarliça yoritganimizdan kelib çiqib, bu safar jang atrofidagi voqealarga nazar taşladik. Ta’kidlaş joizki, katta jangda Madrimovning WBA kamari alamli tarzda yulib olingan bölsa-da, özbek boksi Los-Anjyelesda köproğini yutdi.

Bir yil kutilgan raqib

Krouford sönggi jangini 2023 yilning yozida Spensga qarşi ötkazib, nokaut bilan 40-ğalaba va uçta kamar sohibiga aylangaç, butun Amerika va boks olami uning navbatdagi raqibi kim bölişini qariyb bir yil kutdi. Nihoyat, aprel oyida yengilmas Terensning raqibi Isroil Madrimov bölişi haqida rasman e’lon qilingaç, amerikaliklar nisbatan notaniş bölgan özbekistonlik boksçi haqida ma’lumotlar qidira boşlagani tabiiy. Gap şundaki, Madrimov mart oyida rossiyalik Magomed Kurbanovni mağlub etib, super yarim örta vazn toifasida WBA kamariga ega çiqqandi. Özbek boksçisining prof boksda hali mağlub bölmagani va uning havaskor boksdagi katta tajribasidan kelib çiqib, Krouford – Madrimov jangi 3 oy davomida katta intrigaga aylantirildi.  

Katta ajiotajga sabab bölgan jang

Sönggi 10 kun davomida Özbekistonda köpçilikning e’tibori özbek boksçilarining Parij-2024dagi iştirokiga qaratilgan paytda, nafaqat Los-Anjyeles yoki Kaliforniya ştati, balki butun Amerikada Krouford – Madrimov jangi atrofidagi muhokamalar boksdagi asosiy mavzuga aylangandi. Isroil bu jangi orqali professional boks olamini yana bir karra özbek boksini örganişi, tarixi, buguni va yutuqlari haqida gapirişga majbur eta oldi. Jang translatsiyasi huquqini qölga kiritgan Amerikaning eng katta auditoriyaga ega telekanallaridan DAZN va ESPN Madrimov bilan bir qatorda özbekistonlik bir qator boksçilarga e’tibor qaratgan. Los-Anjyelesning özida Krouford – Madrimov jangi haqidagi reklama roliklari, banner va peştaxtalar şaharning qator nuqtalarida borligi bu bahsga qiziqiş qançalik yuqori bölganini körsatardi.

Amerikada biznes va şouga aylangan boks

Amerikalik va özbekistonlik boksçilar örtasidagi jang Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalaştiriladigan Riyadh Season seriyasi doirasidagi boks keçasining asosiy töqnaşuvi sifatida ötkazilgan bölsa-da, Krouford – Madrimov jangini arenada jonli körişni istaganlar ham, uyida yoki boşqa joyda TV yoki internet orqali tomoşa qilmoqçi bölganlar ham yaxşigina xarajat qilişiga töğri kelardi.