Kanadadagi Uoterlu universitetidan bölgan neyrobiologlarning xulosasiga köra, ovoz çiqarib öqiş xotirani yaxşilaydi. Bu haqda MedizalXpress saytida e'lon qilingan matbuot relizida aytiladi. Olimlarning tegişli maqolasi Memory jurnalida joylaştirildi.
Tadqiqotda 95 kişi iştirok etdi. Köngillilar törtta uslubdan birining yordamida yozma körinişdagi ma'lumotni eslab qolişga harakat qilişdi. Ular matnni tovuş çiqarmay yoki ovoz çiqarib öqişgan, özlarining yoki boşqa birovning yozib olingan nutqini tinglaşgan. Testlar natijalarining körsatişiça, oğzaki nutq va eşitiş qobiliyati bir vaqtning özida harakatga keltirilsa, yozma körinişdagi ma'lumot yaxşiroq yodda qoladi.
Olimlarning sözlariga köra, sözlar agarda ularga «qandaydir işlab çiqaruvçi element» - ma'lumotning uzoq muddat yodda saqlanib qolişini mustahkamlovçi faol harakat qöşilsa, yaxşiroq esda qoladi. Bunday harakatga esa matnni qaytadan yoziş yoki uni bosma şaklda teriş ham kiradi. Effekt keksa yoşdagi odamlar uçun foydali bölişi mumkin.












