Jahon | 19:24 / 05.12.2017
12067
3 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda boshpanasiz qolganlarni zamonaviy kapsulalarga joylashtirishmoqchi

Foto: dezeen.com

Framlab ijodiy agentligi Nyu-Yorkdagi binolar devorlarida tong otirish uchun asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli kapsulalar qurishni taklif qildi. Shaharda boshpanasiz qolganlar soni tobora ortib bormoqda va loyiha mualliflari odamlar ochiq osmon ostida qolmasligi uchun ularni shunday modullarga joylashtirish g‘oyasini ilgari surishdi. 

Nyu-Yorkda yer uchastkalari cheklangan va juda qimmatligi sabab Framlab vertikal kenglik - derazasiz va reklamasiz fasadlardan foydalanishni taklif qilmoqda. Ularning Homed loyihasi olti burchakli modullarga ajratilgan o‘rmonlardan iborat.

Modulga o‘rmonlar ichidagi zinalar orqali kirish mumkin bo‘ladi. Bunday tuzilmani o‘rnatish va ajratish oson. 

Tuzilma qayta ishlangan polikarbonatli 3D-printerdan chiqarilan, tashqarisidan esa ob-havo noqulay kelgan holatlar uchun maxsus alyuminiy qoplam bilan qoplangan. "Aqlli" shishadan ishlangan derazalar tufayli bu yerda yashovchilar bloklarning old qismidan shaharni tomosha qilishlari mumkin.  

O‘rmon tashqarisida san'at asari yoki reklama joylashtirish mumkin bo‘ladi. 

Peterburg illyustratori Viktor Miller-Gaus graffitisi.

Boshpanasiz qolganlar uchun xavfsizlik va shaxsiy hudud taqdim etish maqsadida har bir blok bir kishiga mo‘ljallangan.

Ular ichkaridan fanera bilan qoplangan, bu "iliq va do‘stona" muhitni yaratadi. Ichki tuzilmalar, shu jumladan karavotlar karkaslari va qutilar ham bioplastikdan yasalgan 3D-printerdan chiqarilgan.

Blokdagi sharoitni ehtiyojlarga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Maketlarda bu kenglikdan foydalanishning qator variantlari ko‘rsatilgan.

Loyihada yechinish-kiyinish xonasi va umumiy dush, shuningdek boshpanasiz qolgan kishilar birga yig‘ilishi mumkin bo‘lgan zinapoyali o‘rindiqlari bo‘lgan joy bor. 

2012 yildan Nyu-Yorkdagi boshpanasizlar soni 40 foizga oshdi, bunga bir necha omil sabab bo‘ldi: ijara narxlari qimmatlashdi, turar-joy yordami hajmi qisqardi, ijara to‘lovi nazorati esa kamaydi.

Framlab agentligi asoschisi norvegiyalik Andreas Teldflaatning so‘zlariga ko‘ra, uning loyihasi boshpanasiz qolgan kishilar muammosini to‘liq hal qilmaydi, biroq uning muhokamasida dizaynerlar ishtirok etishi muhim. 

2015 yilda britaniyalik arxitektura dizayneri Jyeyms Farzer boshpanasizlarni joylashtirish uchun shunga o‘xshash loyihani taklif qilgandi - binolar devorlariga joylashtirilgan, inson bo‘yidan biroz baland, yengil konteynerlar.

 

Mavzuga oid