Jahon | 20:50 / 07.12.2017
8176
3 daqiqa o‘qiladi

Aqlli shaharlar xarajatlarni 5 trillion dollarga kamaytirishga yordam beradi

Foto: Nvidia

Internet-buyumlar va boshqa smart-texnologiyalarni joriy qilish aqlli shaharlarning bo‘lg‘usi muvaffaqiyati uchun burilish nuqtasi bo‘ladi, deya ishonch bilan ta'kidlashmoqda ABI Research tahlilchilari, biroq buning uchun hukumat, biznes va fuqarolar bir-biri bilan hamkorlikda ishlashi zarur.

Urbanizatsiya natijasida yirik shaharlardagi aholi va biznes konsentratsiyasining o‘sishi shunga olib keladiki, aqlli shaharlar texnologiyalari va IoT, shering iqtisodiyoti bilan bir qatorda mavjud aktivlardan foydalanishni optimizatsiyalash, samaradorlikning maksimallashuvi va oxir-oqibat, yashash uchun yanada qulay muhit yaratishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Avtomatlashtiruv, sun'iy intellekt, sensorlar, data-shering va tahlil shaharlarga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, deyiladi Information Age taqdim etgan ma'ruzada. 

"Internet-buyumlar texnologiyalariga qurilgan aqlli shaharlar aholiga qanday ishlash, yashash va ko‘ngil yozish ustida qayta o‘ylash imkonini beradi", - deydi API kompaniyasi menejyeri Rahim Bxatiya.

Tadqiqot mualliflari yaqin kelajakdagi aholisi 10 million kishidan iborat tipik aqlli shahar iqtisodining mutlaq salohiyatini hisoblab chiqishdi. Har bir shunday shaharda:
1.  Hukumat har yili asosan ko‘chalarni yoritish tizimi va aqlli binolar evaziga 4,95 milliard dollar tejashi mumkin. Aqlli fonarlar ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 30 foizga qisqartirish imkonini beradi.
2.  Biznesda nisbatan energosamarali yuk tashish tizimi (dronlar, robotlar yoki boshqaruvchisiz yuk mashinalari) va aqlli fabrikalar hisobiga 14 milliard dollar tejash imkoni paydo bo‘ladi. 
3.  Fuqarolarning o‘zi esa intellektual hisoblagichlar va mikroenergotarmoqlar, shuningdek gibrid ta'lim (odatiy va onlayn) tufayli kommunal xizmatlarda yiliga 26,69 milliard dollar tejashlari mumkin bo‘ladi.

Biroq agar hukumat, biznes va fuqarolar o‘zaro hamkorlikda ishlamasa, aqlli shaharlar salohiyati amalga oshmay qoladi. Shunday bo‘lgan taqdirda esa, begona o‘yinchilar yangi texnologiyalar yordamida osonlikcha integratsiyalashishi mumkin bo‘lgan ochiq platformalar va bozorlar paydo bo‘ladi, deb yozadi InterDigital tadqiqot firmasi vitse-prezidenti Jim Nolan.

Mavzuga oid