Özbekiston va Xitoy örtasida özaro vizadan ozod qiliş töğrisidagi hukumatlararo Bitim (Çendu, 2024 yil 1 dekabr) kuçga kirişi uçun davlat içki protseduralari tugallandi. Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, körsatilgan xalqaro şartnomaning qoidalariga binoan, bitim 2025 yil 1 iyundan e’tiboran kuçga kiradi.

Bitim Özbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududiga özaro vizasiz safarlariga doir masalalarni tartibga soladi.

Bitimga muvofiq, Özbekiston va Xitoy davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kiriş, undan çiqiş yoki tranzit qiliş uçun har bir alohida böliş muddati 30 kundan oşmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr içida jami 90 kundan ortiq bölmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

Bunda ikki davlat fuqarolari davlatlari hududiga har bir kiriş va böliş muddati 30 kundan oşmasligi lozim. Agar fuqarolar 30 kundan ortiq qolişlari kerak bölsa, ular kiriş vizasini oldindan olişlari lozim.

Vizasiz rejim mehnat faoliyati, öqiş va media faoliyati bilan şuğullaniş, şuningdek, boşqa Tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Körsatilgan bitim Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlariga taşrif buyurişga nisbatan amal qilmaydi.