Iskandar Zulqarnayndan Şayx Xovandi at-Tahurgaça

Qadimgi rivoyatlarga köra, Şarq an’anasida Aleksandr Makedonskiy nomi bilan maşhur bölgan Iskandar Zulqarnayn Örta Osiyoga qilgan yurişlari çoğida hozirgi Toşkent atrofidagi tabiiy buloqlar yonida töxtagan. Bu suvlar jangçilarning jarohatlarini davolaşga, kuçlarini qayta tiklaşga yordam bergan. Afsonaga köra, A. Makedonskiy öz jarohatlarini hozirda Toşkent mineral suvlari deb ataladigan issiq buloqda davolagan.

Asrlar ötib, xuddi şu buloqlar yonida Hovandi at-Tahur kabi söfiy şayxlar ibodat qilişgan va hordiq çiqargan, uning nomi ma’naviy uyğoniş va donolik ramziga aylangan. Ma’danli suv nafaqat jismoniy, balki ruhiy poklanişga ham xizmat qilgan.

Amir Temur davri: salomatlik davlatning ustuvor maqsadi sifatida

XIV asrda öz qöl ostiga juda keng yerlarni töplagan sohibqiron Amir Temur soğliqni saqlaş sohasiga alohida e’tibor qaratgan. U tabiiy suv asosiy örin tutgan hammom va şifoxonalardan tortib sihatgohlargaça bölgan infratuzilmani faol rivojlantirdi. Öşa davrdagi tibbiy tasavvurlarga köra, havo, tuproq va olov bilan bir qatorda suv ham inson salomatligini belgilovçi törtta tabiat elementlaridan biri bölgan.

Ayniqsa, Temurning nabirasi — Abu Said Mirzo tomonidan issiq buloqlari bor joyda qurilgan sihatgoh diqqatga sazovordir. U boğ-roğlar orasida şinam joylaşgan bölib, zodagonlar va oddiy kişilar uçun şifo va dam oliş maskaniga aylangan.

Asrlar oşa meros: an’analarning qayta tiklanişi

Bugungi kunda şifobaxş suvdan foydalaniş an’analari davom etmoqda. “Toshmineralsuv bottler” kompaniyasi “1371 Tashkent Mineral” brendi ostida afsonaviy Toşkent mineral suvini qayta tiklamoqda. Bu nom 1371 yilga — rivoyatlarga köra, Toşkent atrofidagi şifobaxş buloqlar ilk bor topilgan davrga borib taqaladi.

Zamonaviy işlab çiqariş ilğor texnologiyalarni suvning tabiiy tarkibiga avvaylab munosabatda böliş, uning noyob xususiyatlarini saqlab qoliş bilan uyğunlaştiradi. Suv tarixiy çaşmadan olinadi va minimal işlovdan ötadi, bu uning tabiiy ta’mi hamda şifobaxş xususiyatlarini saqlab qoliş imkonini beradi.