Jahon | 22:10 / 12.12.2017
21792
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilga qarshi uchinchi intifoda boshlandi

Foto: Suhaib Salem/Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi ortidan HAMAS harakati uchinchi intifoda boshlangani haqida e'lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati rahbari Abdulatif Alkan ma'lum qilgan.

«Biz AQSh o‘z qarorlarini bekor qilishi uchun unga bosim o‘tkazish maqsadida uchinchi intifoda boshlangani haqida e'lon qilamiz», — deya Alkanning so‘zlarini keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida  intifoda boshlanishi arafasida norozilik kayfiyati kuchaygan.

«Bu uchinchi intifoda», — deya qo‘shimcha qilgan Alkanu.

Intifoda «isyon» ma'nosini anglatib, Isroil tomonidan egallab olingan Falastin yerlarini qaytarib olishga qaratilgan jangovar harakatlarni anglatadi. Bu harakat doirasida Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektoridagi (2005 yili Isroil bu hududdan butunlay chiqib ketgandi) Falastin arablarining Isroilga qarshi qurolli kurash olib borishadi.

Birinchi intifoda 1987 yilnig 9 dekabrida boshlangan. Intifada 1993 yil avgustida Osloda Isroil va Falastin ozodlik tashkiloti o‘rtasida kelishuv tuzilishi bilan yakunlangan, 1994 yili bu kelishuv asosida Falastin milliy muxtoriyati tuzilgan.

Ikkinchi intifoda 2000 yilning sentabrida boshlangan. 2002 yil martida Isroil ichkarisida, Yahudiya va Samariyada teraktlar sodir etilgan. Intifoda cho‘qqisi 2002 yilning 27 martiga, Pasxa bayrami kechasiga to‘g‘ri keladi. O‘sha kungi terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘lib, 140 kishi jarohatlangandi. Harakat 2002 yil aprelidan intifoda pasaygan va kichik teraktlar bilan kifoyalangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid