Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston orqali O‘zbekistondan Xitoyga boruvchi temir yo‘l bo‘yicha muzokaralar boshlandi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomoni «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari muzokaralari yakunida ma'lum qilindi.
Prezidentlar qisqa muddatda jahon bozoriga chiqish imkonini beradigan transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etishdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov shu yilning 25 dekabrida ikki davlat ishchi guruhlari Toshkent shahrida shu masalada muzokaralar o‘tkazishini ma'lum qildi. O‘z navbatida O‘zbekiston rahbari tor doiradagi muzokaralar vaqtida tomonlar bu masalaning barcha jihatlari bo‘yicha kelishib olinganini ma'lum qildi.
Davlat rahbarlari ushbu temir yo‘l qurilishini imkon qadar tezlashtirish mintaqa mamlakatlari manfaatiga xizmat qilishini alohida ta'kidlashgan. Bu Markaziy Osiyoning jozibadorligini oshirish va tranzit salohiyatini to‘la yuzaga chiqarish imkonini berishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026