Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar keyingi bosqichga ko‘tarildi
Foto: Reuters
Juma kuni Yevroittifoq hamda Buyuk Britaniya Brexit yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarni keyingi bosqichga chiqishni rejalashtirmoqda. Ammo, hanuzgacha savdo-sotiq va shu kabi moliyaviy masalalarda aniq bir to‘xtamga kelinmagan.
Reuters'ning xabar berishicha, Bryussel sammitining ikkinchi kunida YeI yetakchilari "sezilarli natijalarga" erishganini ta'kidlagan. E'tirof etilishicha, britaniyaliklarning fuqarolik huquqi, Irlandiya bilan o‘zaro ma'muriy chegaralar, Buyuk Britaniyaning YeI oldidagi majburiyatlariga aniqlik kiritilgan.
Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tuskning aytishicha, Brexit yuzasidan muzokaralar ikkinchi bosqichga ko‘tarilgan.
"Britaniyaliklar o‘z tanlovi yo‘lida eng yaxshi jamiyatga erishishi uchun biz qo‘ldan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Shu bilan birga, Yevropa bozori va xavfsizligi haqida qayg‘urishimiz lozim. Chegara va huquqlarimiz doimo xavfsiz bo‘lishi, o‘zgalar tomonidan hurmat qilinishi kerak", deydi prezident.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025