Sport | 20:54 / 18.12.2017
26189
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolchi dahshatli jarohat evaziga gol urdi (Video)

«RB Leyptsig» hujumchisi Marsel Halstenberg Germaniya chempionati 17-turida «Herta» darvozasini ishg‘ol etdi va qo‘lini uchta joyidan sindirib oldi.

O‘yinning 92-daqiqasida Halstenberg katta tezlikda hujumga qo‘shilib, boshi bilan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Biroq, o‘zini to‘xtatib qololmay, darvoza ustuniga borib urildi va qo‘lining ustiga yiqildi. Natijada, uning qo‘li uchta joyidan sindi.

Halstenberg qahramonligi jamoasiga  foyda bermadi va «RB Leyptsig» 2:3 hisobida yutqazdi.

Mavzuga oid