Jamiyat | 22:54 / 19.12.2017
51616
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot xodimlari va o‘quvchilar metallolom topshirishdan ozod qilindi

Foto: Blog Grodno

Prezident qaroriga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab ta'lim va tibbiyot sohasi xodimlarini metallomlar va qora metallar chiqiti yig‘ishga jalb etish taqiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 dekabrda qabul qilgan, «2018 yilda metalllom tayyorlash, qora metall prokatini ishlab chiqish va iste'mol qilish to‘g‘risida»gi Qarori bilan, tibbiyot xodimlari va maktab o‘quvchilarini metallolom yig‘ishga jalb etish taqiqlandi.

Ushbu qaror 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, mazkur hujjatda «O‘zmetkombinat» tomonidan ishlab chiqilgan qora metall prokatini sotish, faqat birja orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

2018 yildan boshlab korxonalarning bankrotlik, tugatilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish davrida hisobdan chiqarilayotgan ma'naviy eskirgan uskuna va metall konstruksiyalari lom va qora metallarning chiqiti sifatida shartnoma asosida «O‘zmetkombinat» AJga erkin (shartnoma) narxlarida majburiy topshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, metallurgiya sohasida qora prokat ishlab chiqarish uchun xom ashyo olib kiruvchi xo‘jalik sub'yektlari, 2019 yilning 1 yanvarigacha bojxona soliqlaridan ozod qilinadi.

Mavzuga oid