Andijondagi “Sayyid Muhiyddin maxdum” madrasasida siyrat kechasi o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ
Andijondagi “Sayyid Muhiyddin maxdum” madrasasiga 1992 yilda asos solingan. O‘tgan 25 yil davomida bilim dargohini bitirgan ming nafarga yaqin talabalar yurtimizdagi masjid va madrasalarda faoliyat olib borishmoqda.
Muassasada umumta'lim fanlari bilan birgalikda “Qur'oni karim va tajvid”, “Aqoid”, “Fiqh”, “Tafsir”, “Hadis”, “Islom tarixi”, “Dinlar tarixi”, “Mazhab va yo‘nalishlar”, “Arab tili”, “Xatoba”, “Pedagogika va psixologiya” kabi 10dan ziyod maxsus fandan chuqur bilim beriladi. O‘rta maxsus islom bilim yurtida ta'lim olayotgan tolibi ilmlar soni 123 nafar bo‘lib, dargohda nafaqat Andijon viloyati, balki yurtimizning turli viloyatlaridan kelib o‘qiyotgan yoshlar ham bor. Madrasada o‘quvchilarning yetuk ilm egasi bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Keng va yorug‘ sinf xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, oshxona va dam olish xonalari o‘quvchilar xizmatida.
O‘rta maxsus islom bilim yurti tomonidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi binosi majlislar zalida “Rasulullohda sizlar uchun go‘zal namuna bor” mavzusida siyrat kechasi tashkil etildi. Tadbirda bilim yurtining barcha mudarris va talabalari, O‘MIning viloyat vakilligi xodimlari, Toshkent Islom institutining amaliyotchi talabalari ishtirok etdilar.
Kechada so‘z olgan bilim yurti mudiri Mirzamaqsud Alimov, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovlar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning hayotlari musulmonlar uchun ibrat va namuna ekanligi haqida so‘zlab, siyratlari to‘g‘risida keng ma'lumotlar berib o‘tdilar. Zero, Nabiy sollallohu alayhi vassallamning hayot tarzlarini o‘rganish, ibrat olish, o‘z hayot tarzini u Zotning hayot tarzlaridek bo‘lishiga harakat qilish - insonni ikki dunyo saodatiga yetaklashi shubhasizdir.
Tadbirning asosiy qismida talabalar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning siyratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar, g‘oliblar homiylar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan fotosuratlar
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

17:56 / 15.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi

12:03 / 15.04.2025