19:40 / 26.12.2017
9774

Navoiyda profilaktika inspektorlariga mashina va uy-joylar kalitlari topshirildi

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta'minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a'zolari ishtirok etgan tadbirda profilaktika inspektorlariga zamonaviy xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida sotib olingan yengil avtomashinalarning kaliti topshirildi. 

Mamlakatda aholining tinch va osoyishta hayot kechirishini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash eng muhim va ustuvor masalaga aylandi. 

O‘tgan qisqa davr mobaynida, profilaktika sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida yangi ish uslublari joriy etilishi va sohada yaxlit huquqiy tizim yaratilishi islohotlarning yanada samarali bo‘lishini ta'minlamoqda. 

Davlat rahbarining joriy yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori soha xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan yuksak e'tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. 

Mazkur qaror asosida profilaktika inspektorlarining xizmat va yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni o‘zlari xizmat qilayotgan hududda uy-joy bilan ta'minlash borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirildi.

Bundan ikki oy oldin Navoiy viloyatining 80 nafar profilaktika inspektorlariga xizmat uy-joylari hamda imtiyozli kredit asosida sotib olingan shaxsiy avtomashinalarning kalitlari tantanali topshirilgani ularni yanada ruhlantirib, kuchiga kuch, shijoatiga shijoat qo‘shgan edi.  

Kuni kecha o‘tgan tadbirda yana 120 nafar profilaktika inspektorlarining shunday imkoniyat va imtiyozga ega bo‘lgani ularning oilasi, yaqinlariga yuksak quvonch ulashib, yangi yilga munosib tuhfa bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top