O‘zbekiston | 16:40 / 26.12.2017
26297
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevni Moskva shahridagi «Vnukovo-2» aeroportida Rossiya Federatsiyasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi. Norasmiy majlisda Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz

Mavzuga oid