Fan-texnika | 23:37 / 03.01.2018
13432
2 daqiqa o‘qiladi

Earth-1: dunyodagi ilk elektrokar-transformer

Foto: TRT World

Yaponiyalik mutaxassislar nafaqat yuqori malakaga, balki boy fantaziyaga egalar. Misol uchun, yaqinda Four Link Systems kompaniyasi muhandislari ilk elektrokar-transformer Earth-1’ni taqdim qilishdi.

Avtomobil dizayni Gundam animesi orqali taniqli bo‘lgan rassom Kunio Okavara tomondan yaratilgan, shu sababli avtomobil ko‘rinishi animedagi ulkan robotning kallasiga qiyoslangan.

Foto: TRT World

Elektrokar shaklini o‘zgartiruvchi karkasdan iborat. Avtomobil ixcham ko‘rinishda katta manyovrlikka ega va kam joy oladi. Biroq mashina elementlari kerilganda, mashinaning og‘irlik markazi pastroqqa siljiydi, mashinaning o‘zi uzunroq bo‘ladi, harakatchanligi pasayadi, biroq tezligi oshadi. Mashinaning bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga “transformatsiyasi” salonda joylashgan maxsus manipulyator yordamida amalga oshiriladi.

Foto: TRT World
Foto: TRT World

Hozir Earth-1 sinovlarning yakuniy bosqichidan o‘tmoqda, shundan keyin u ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Mashinaning narxi hozirda 70 ming dollarga baholanmoqda. Bunday turdagi mashinalarni yaratish uchun detallar bozorda mavjud bo‘lmagani sababli muhandislar ularni noldan boshlab yaratishlariga to‘g‘ri kelgan. Mashina yaratuvchilarining fikricha, ular yaratgan mashina nafaqat gavjum shaharlarda yashovchilar uchun, balki karshering agentliklariga ham yaxshi variant bo‘ladi. Kompaniya muhandislari muvaffaqiyatga erishishga yaxshi imkoniyatlarga egalar, chunki mashinaga ko‘plab buyurtmalar olingan. Buyurtmachilardan biri xalqaro aeroportlardan biri bo‘lib, yangi mashinalar aeroport hududi bo‘ylab yurishda qo‘llanmoqchi.