Amerika regulyatori birinçi marta jarohatlarni davolaş uçun zarb tölqinlarini qöllaş usulini tasdiqladi. Engadget şu haqida xabar berdi.
Dermapace System qurilmasini işlab çiqargan Sanuwave kompaniyasi boşqarmadan ruxsat oldi. Uskuna akustik tölqinlarni imitatsiya qiluvçi energiya impulslarini işlab çiqaradi. Jarohatga mexanik ta'sir ötkaziş natijasida töqimalarning tiklaniş jarayoni tezlaşadi.
Kompaniya ruxsat olişdan avval 336 nafar köngilli iştirokida bir neça klinik tadqiqotlar ötkazdi. Bemorlarning bir qismini an'anaviy usulda davolaş bilan birga zarb-tölqin apparati imitatsiyasi orqali soxta terapiya ötkazildi. Sinov ostidagi bemorlarning ikkinçi qismi ham an'anaviy usullar yordamida davolandi, şu bilan bir qatorda Dermapace original qurilmasi yordamida ham terapiya ötkazildi. Tajriba 24 hafta davom etdi. Birinçi guruhda jarohat bitiş darajasi 30 foizni taşkil qildi, ikkinçisida esa - 44 foizni.
Sanuwave işlanmasi tovonlardagi diabetik yaralarni davolaşga möljallangan. Sekin bituvçi yaralar diabetdagi eng köp uçraydigan asoratlardan biridir — qandli diabet taşxisi qöyilgan bemorlarning 25 foizga yaqini heç bölmaganda bir marta şunday muammoga duç kelgan.
Qurilmani yaralarni davolovçi boşqa usullar bilan birga qöllaş mumkin. Ta'kidlaş joizki, Dermapace'dan faqat 22 yoşdan oşgan bemorlar foydalanişi mumkin. Manbaga köra, ularda yaralar kamida 30 kunda bitadi. Ma'lum qilinişiça, qurilma salbiy ta'sirlarga ham ega bölişi mumkin. Klinik sinov qatnaşçilari oğriqlar va muşaklar uvişişi, migren, bezgak, köngil aynişi va hatto yaralar infeksiyasidan ham şikoyat qilişgan.
Biroq regulyator qurilmani past yoki örta darajali xavfga ega tibbiy qurilmalar toifasiga mansub deb topgan. Işlanma innovatsion texnologiyalar uçun maxsus tuzilgan yangi tizim böyiça baholangan.
Umuman olganda, zarb-tölqinli terapiya mutlaq yangilik emas. Uşbu usul ba'zi mamlakatlarda qöllaniladi, AQŞda esa undan jonivorlarda jarrohlik operatsiyasi ötkazilgandan keyin yaralar bitişini tezlaştirişda foydalanişadi.












